|
|
Agar hohlasangiz........
O’zbekiston
Respublikasining mustaqilligini mustahkamlash va uni saqlash
ko’p jihatdan bilimli, qobiliyatli, uddabiron yoshlarga
bog’liqdir. Yoshlarni har tomonlama to’la
shakllangan, jamiyatning barkamol a’zolari sifatida
tarbiyalab voyaga etkazish oliy ta’lim tizimining eng muhim
vazifasiga aylanib bormoqda. Bunday vazifalarni amalga oshirish
ta’lim tizimini jahon andozalari darajasida qayta qurish va
chet tillarni mukammal o’rganish va o’rgatish
orqali ta’minlanishi lozim.
Samarqand chet tillar instituti horijiy tillar sohasida kadrlar
tayyorlashni jadallashtirish, mintaqadagi korxonalar va muassasalarning
halqaro aloqalarini rivojlantirish va ularni yuqori malakali
mutaxasislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgi.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
1994 yil 8 noyabr farmoni va vazirlar mahkamasining 1994 yil 9 noyabr
qarori asosida Samarqand Davlat Universiteti tarkibidagi chet tillar
fakulteti Chet tillar instituti sifatida faoliyat ko’rsata
boshladi. Yangi tashkil etilgan institutning asosiy
yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi: filologiya
sohasida yuqori malakali mutahasislar tayyarlash, chet tillar
bo’yicha pedagoglar, tarjimonlar va ekskursiya olib
boruvchilar, maktabgacha tarbiya pedagoglari ( chet tili mutahasisligi
bilan ) tayyorlash, o’quv jarayonida yangi jadal
o’qitish texnologiyalarini joriy qilish va institut moddiy
texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish va studentlarning
ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratish.
Navqiron institut O’zbekiston Respublikasining madaniy
ijtimoiy hayoti va uning kelajakdagi rivoji uchun ulkan hissa
qo’shib kelmoqda. Institutning mazmunli faoliyati davomida
quyidagi asosiy yo’nalishlar amalga oshirildi. 6 ta fakultet,
ingliz, nemis, fransuz ixtisosligi, tarjimonlik gid ekskursovodlar,
maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi, malaka oshirish
fakultetlari o’z faoliyatini davom ettirmoqda. Bundan
tashqari hozirgi kunda italiyan, arab, fors, turk, koreys tillari
ikkinchi til sifatida o’qitilmoqda. 1995 yildan beri
Samarqand Davlat chet tillar instituti 1262 ta yash mutahasislarni
etkazi berdi.
|


 |
|